Anons

"Chuseok — 2023" Koreya madaniyati festivali

E’lon qilingan sana· 92
"Chuseok — 2023" Koreya madaniyati festivali

Koreya madaniyati va sanʼati saroyida “Chuseok — 2023” Koreya madaniyati festivali boʻlib oʻtadi.

“Chuseok — 2023” festivali O‘zbekistonning koreys madaniy muhitida muhim voqea bo‘lib, u alohida miqyosda nishonlanadi va ishtirokchilarni tong tarovati o‘lkasiga hissiy tarzda olib boradi.

Dasturda musiqiy guruhlar, teatrlashtirilgan tomoshalar, raqs raqamlari, koreys milliy taomlari namoyish etiladigan fud-kort maydoni, pazandachilik bo‘yicha turli mahorat darslari, origami yasash va bo‘yanish darslari, shuningdek, “Kalamarlar o‘yini” turkumiga asoslangan o‘yin o‘rin olgan.

Festival doirasida muallif va rejissyor Margarita Xanning “Kelajakka qaytib “musiqiy asari ham namoyish etiladi. Sahnada koreys madaniyatining ikki qirrasi — jasur, zamonaviy K-pop va an’anaviy xalq raqsi birlashadi.

Kirish bepul.

Ma’lumot uchun telefon: (+998) 88−233−4040.

    Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
    Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
    Muassis: «Afisha Media» MChJ
    Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
    Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
    © 2005-2024 Afisha.uz
    «Afisha Media» MChJ