Toshkent hayvonot bogʻining ish jadvaliga o'zgartirishlar kiritildi

E’lon qilingan sana· 1 065
Toshkent hayvonot bogʻining ish jadvaliga o'zgartirishlar kiritildi

Toshkent hayvonot bog‘i kassalari 5-sentabrdan boshlab soat 8.00 dan 18.00 ga qadar ishlaydi. Bu haqda hayvonot bog’ining rasmiy Telegram kanalida xabar berildi.

Biroq, hayvonot bogʻining oʻzi turli ekskursiyalar uchun haftasiga 7 kun 8:00 dan 20:00 gacha ochiq boʻladi.

Shuningdek, ma’lum qilinishicha, tashrif buyuruvchilarga qulaylik yaratish maqsadida ikkinchi kirish joyi tashkil etilgan, u yerda katta bepul avtoturargoh mavjud.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling