Zominga Buxorodan ham aviaqatnovlar yo'lga qo'yildi

E’lon qilingan sana· 218
Zominga Buxorodan ham aviaqatnovlar yo'lga qo'yildi

Endi Zominga Buxorodan ham parvozlar amalga oshirila boshlanadi. Bu haqda Uzbekistan Airways xabar berdi.

Toshkent va Buxorodan Zominga parvozlar haftasiga 5 marta, dushanba, seshanba, chorshanba, juma va yakshanba kunlari quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi:

  • Toshkentdan jo‘nab ketish — 09:30, Zominga yetib kelish — 10:05;
  • Zomindan jo‘nab ketish — 10:35, Buxoroga yetib kelish — 12:05;
  • Buxorodan jo‘nab ketish — 13:05, Zominga yetib kelish — 14:35;
  • Zomindan jo‘nab ketish — 15:05, Toshkentga yetib kelish — 15:40.

Zomin — Buxoro yo’nalishi bo’yicha aviachiptalar narxi 170 000 so’mdan, Toshkent — Zomin yo’nalishi bo’yicha aviachiptalar narxi esa 105 000 so’mdan boshlanadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling