Dam olish kunlari quruq ob-havo saqlanib turadi

E’lon qilingan sana· 60
Dam olish kunlari quruq ob-havo saqlanib turadi

O‘zbekistonda dam olish kunlari kuz uchun xos bo‘lgan kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib turadi.

O‘zgidromet`ning xabar qilishicha, juma va dam olish kunlari barcha hududlar bo‘yicha O‘zbekistonning kuzi uchun xos bo‘lgan kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib turadi.

Shamol sharqdan o‘rtacha tezlikda esadi, faqat cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 13−18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.

Kechasi va ertalab kuzgi salqinlik sezilib turadi, harorat +13…+18 daraja atrofida bo‘ladi. Kunduz kunlari esa havo +25…+30 darajagacha isiydi.

Respublikaning ayrim tog‘li hududlarida 16−17-sentabr kunlari biroz yomg‘ir yog‘ishi mumikin.

Poytaxtda 15−17-sentabr kunlari havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3−8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechalari +15…+17 daraja, kunduz kunlari +27…+29 daraja bo‘ladi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2023 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ