Toshkentda ilk bor Turkiy tilli davlatlarning “Qardoshlik sanʼati” forumi bo‘lib o‘tadi

E’lon qilingan sana· 103
Toshkentda ilk bor Turkiy tilli davlatlarning “Qardoshlik sanʼati” forumi bo‘lib o‘tadi

30-sentabr kuni “O‘zbekfilm” kinokonsernida XV Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida Turkiy tilli davlatlar (Turksoy) kinonamoyondalari ishtirokida “Qardoshlik sanʼati” forumi o‘tkaziladi, deya xabar bermoqda festival axborot xizmati.

Unda Turksoy Xalqaro tashkilotiga a’zo mamlakatlarning eng yaxshi kinoijodkorlari taqdirlanib, turkiy xalqlar kinematograflar uyushmasining tashkil etiladi. Shuningdek, tomoshabinlarni Ayla Chelik, Talib Tele, Zeynep Hasenli va Jenisbek Piyazov kabi taniqli san’atkorlarning chiqishlari bo‘lib o‘tadi.

Ta’kidlanishicha, forum davomida Turkiy xalqlar kinematograflar uyushmasi tuzilib, bir qator memorandumlar imzolanishi kutilmoqda.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2023 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ