Xalqaro aeroportga boruvchi bepul mikroavtobus yo‘lga qo‘yildi

E’lon qilingan sana· 103
Xalqaro aeroportga boruvchi bepul mikroavtobus yo‘lga qo‘yildi

Yo‘lovchilar tashish uzluksizligini taʼminlash maqsadida 3-oktyabrdan boshlab, 3M-sonli “Xalqaro aeroport” bekatini ko‘prik yo‘li orqali “Yakkasaroy TIIB” bekati bilan bog‘lovchi 2 ta mikroavtobuslar harakatlanuvchi vaqtinchalik yo‘nalish tashkil etildi.

3M avtobus yo‘nalishi bepul.

Ma’lumot uchun, 1-oktyabrdan Toshkent xalqaro aeroporti oldidagi Bobur ko‘chasidagi yo‘l o‘tkazgich bo‘ylab avtobus va yuk mashinalarining harakati vaqtinchalik cheklangandi. Bunga yo‘l o‘tkazgichni rekonstruksiya qilish sabab bo‘lgan.