Toshkentda 14 va 89-sonli avtobuslarning yo‘nalishi o‘zgaradi

E’lon qilingan sana· 1 507
Toshkentda 14 va 89-sonli avtobuslarning yo‘nalishi o‘zgaradi

Poytaxtda harakatlanuvchi ikkita — 14 va 89-sonli avtobus yo‘nalishlariga o‘zgartirish kiritilmoqda. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” ma’lum qildi.

2023-yil 16-oktyabr kunidan boshlab, 14-sonli “TTZ bozori — Toshkent vokzali” avtobus yo’nalishi harakati Yuzrabot ko’chasi bo’ylab TTZ avtoshoxbekatigacha uzaytiriladi. Uzaytirishdan so’ng 14-sonli yo’nalish TTZ bozorigacha harakatlanmasdan, “TTZ avtoshoxbekati — Toshkent vokzali” oralig‘ida harakatlanadi.

Shuningdek, 89-sonli “Qorasuv 1-mavzesi — Chorsu savdo markazi” avtobus yo’nalishi harakati Chorsu savdo markazi bekatidan Paxtakor metrosi ASHBgacha qisqartiriladi. Qisqartirishdan so’ng 89-sonli yo’nalish “Qorasuv 1-mavzesi — Paxtakor metrosi” oralig’ida harakatlanadi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ