Toshkent metrosida yo‘lovchilar uchun yangi qoidalar o‘rnatildi

E’lon qilingan sana· 2 187
Toshkent metrosida yo‘lovchilar uchun yangi qoidalar o‘rnatildi

Hukumat qarori bilan “Metropolitenda yo’lovchilar hamda boshqa shaxslarning bo’lishi qoidalari” tasdiqlandi, deya xabar bermoqda Transport vazirligi matbuot xizmati.

Unga ko’ra, metropoliten infratuzilmasi obyektlari va xavfsizlik hududlarida quyidagilar taqiqlanadi:

  • yonuvchan, portlovchi moddalardan va bosim ostida ishlovchi qurilmalardan foydalanishni talab etadigan barcha faoliyat turlari bilan shug’ullanish va shu bilan bog’liq ko’ngilochar shoxobchalarni qurish hamda tashkil etish;
  • metropoliten inshootlaridan, shu jumladan, yer usti shamollatish qurilmalaridan 25 metrdan kam masofada chiqindilarni to’plash, yoqish va gulxanlar tashkil etish;
  • gaz yoqilg’isida harakatlanuvchi transport vositalari (avtomatik yong’in o’chirish tizimi bilan jihozlangan, estakada inshootlari ostidagi maxsus ochiq avtoturargohlar bundan mustasno) va yonuvchi materiallar ortilgan transport vositalarini estakada inshootlari ostiga (avtoturargohlarga) joylashtirish.

Metropolitenda quyidagilarga ruxsat etilmaydi, jumladan:

  • spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning analoglarini iste’mol qilish yoki mast holda kirish;
  • qizdiriladigan tamaki, elektron sigaretalar va nosvoy chekish;
  • metropoliten hududida oyoq kiyimsiz va kiyimsiz holda bo‘lish;
  • bekatga yo'‘lovchilarning kiyimi, metropoliten vagonlari, inshootlari va qurilmalarini kir qilishi mumkin bo‘lgan yuklar va buyumlar, shuningdek, velosiped (yig‘iladigandan tashqari), moped, skuter va boshqa harakatlanish vositalari bilan kirish;
  • bekat hududida, vagonlarda akrobatik va sport mashqlarini bajarish, har xil turdagi sport to‘plarini o‘ynash.

Yo‘lovchilar metropolitendan foydalanishda quyidagi huquqlarga ega:

  • o‘zlari bilan birgalikda 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarini, bolalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar aravachalarini, bolalar velosipedlarini, musiqa asboblarini, shuningdek, g‘ilofga solingan holda sanchiluvchi, kesuvchi va oson sinuvchi buyumlar, chana, chang‘i va baliq ovi uchun qarmoqlarni bepul olib yurish;
  • nogironligi bo‘lgan va imkoniyati cheklangan shaxslar tomonidan metropolitenning texnik vositalaridan (liftlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar aravachasini ko‘taruvchi/tushuruvchi moslamalar va boshqa jihozlar) foydalanish, zaruratga ko‘ra tegishli xodimlardan yordam olish;
  • bekatlarni havaskorlik foto va videotasvirga olish;
  • o‘lchamlariga ko‘ra uchta o‘lchovi yig‘indisi bo‘yicha 200 santimetr: eni — 60 santimetr, uzunligi — 70 santimetr, balandligi — 70 santimetr bo‘lgan yuklarni bepul olib yurish.
Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ