Toshkentga BYD’dan 2000 ta elektrobus olib kelinadi

E’lon qilingan sana· 154
Toshkentga BYD’dan 2000 ta elektrobus olib kelinadi

Toshkent hokimligi Xitoyning BYD avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyasi bilan 2000ta elektrobus sotib olish bo‘yicha ramka shartnomasini imzoladi, deya xabar bermoqda Spot.uz.

Xabarga ko‘ra, poytaxtga “K9UD eBus” rusumli, uzunligi 12 metr, 90 nafargacha yo‘lovchini sig‘dira oladigan elektrobuslar xarid qilinadi.

“Kompaniyaning ta’kidlashicha, BYD elektrobuslari mahalliy iqlim va yo‘l sharoitlariga moslab ishlab chiqariladi. 2024-yilda Toshkentga 200ta elektrobusning birinchi partiyasini olib kelish rejalashtirilgan”, deb yozadi Spot.

Toshkent hokimi Shavkat Umurzoqov elektrobuslar xarid qilish O‘zbekistonning “yashil” transportga o‘tish strategiyasi doirasida amalga oshirilayotganini ta’kidlagan.

Avvalroq Xitoyning “King Long” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan “garmoshka” elektrobus poytaxtda yo‘nalishlarga qo‘yilishi haqida xabar berilgandi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ