Anons

XVI Verona Yevroosiyo iqtisodiy forumi

E’lon qilingan sana· 12
XVI Verona Yevroosiyo iqtisodiy forumi

Silk road Samarkand sayyohlik markazida XVI Verona Yevroosiyo iqtisodiy forumi boʻlib oʻtadi.

Tematik sessiyalarda yirik kompaniyalar va moliya institutlarining yuqori mansabdor shaxslari, siyosiy va jamoat arboblari, ekspertlar, Yevropa va Osiyo davlatlaridan diplomatlar, turli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar vakillari so‘zga chiqadi.

Forum biznesga yo’naltirilgan bo’lib, erkin muloqot, biznes aloqalari va muhokamalar uchun o’ziga xos shart-sharoitlarni yaratadi. Tadbir formati o‘nlab mamlakatlarning xususiy va davlat kompaniyalari vakillariga bir-birlari bilan uchrashish va keng ko‘lamli masalalar yuzasidan fikr almashish imkonini beradi.

Forum davomida uning madaniy dasturi doirasida 30 yildan ortiq vaqtdan beri ko’plab mamlakatlar tomoshabinlarini Italiya kinosining eng so’nggi yangiliklari bilan tanishtirib kelayotgan N.I.C.E. kinofestivali bo’lib o’tadi. Sanremo yulduzlari konsertida mashhur italiyalik ijrochilar chiqish qiladi. Shuningdek, birodar shaharlar hisoblangan Florensiya va Samarqandning kulolchilik buyumlari ko‘rgazmasi tashkil etiladi.

Ushbu havola orqali oldindan ro’yxatdan o’tish talab qilinadi.

Tashkilotchilar Italiyaning “Understanding Eurasia” notijorat uyushmasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligidir.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2023 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ