Dam olish kunlari yog'ingarchiliklar bo'lmaydi

E’lon qilingan sana· 454
Dam olish kunlari yog'ingarchiliklar bo'lmaydi

O‘zgidromet`ning xabar berishicha, juma kuni O‘zbekistonda yog‘ingarchiliksiz o‘tadi, faqat tog‘li hududlarning ayrim qismida kunning birinchi yarmida yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati +20…+25 daraja iliq bo‘ladi.

Dam olish kunlari mamlakat bo‘ylab havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Havo harorati asta-sekin ko‘tarilib, yakshanba kuni kunduzi havo +26…+29 darajagacha isiydi.

30-oktabr, dushanba kuni ham mamlakat bo‘ylab xuddi shunday quruq va iliq ob-havo davom etadi.

Toshkentda 27−29-oktabr kunlari yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Juma kuni havo harorati kunduzi +22…+24 daraja, shanba kuni +24…+26 daraja, yakshanba kuni esa +26…+28 darajagacha isiydi. Kechasi harorat +9…+12 darajagacha bo‘lishi kutilmoqda.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ