Anons

“Yangi Nafas” ommaviy yugurish musobaqasi

E’lon qilingan sana· 217
“Yangi Nafas” ommaviy yugurish musobaqasi

Kichik Beshyog‘och ko‘chasida, Humo Arena saroyi yonida O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i kuni munosabati bilan “Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tadi.

Musobaqa quyidagi masofalarda o’tkaziladi:

  • erkaklar va ayollar o’rtasida 10 km yugurish;
  • Erkaklar va ayollar o’rtasida 3 km yugurish.

Musobaqa shaxsiy birinchilikda o’tkaziladi.

Tadbirda fuqaroligidan qat’i nazar, barcha manfaatdor sportchilar va yuguruvchilar ishtirok etishlari mumkin. Roʻyxatdan oʻtgan ishtirokchilarga Oʻzbekiston yengil atletika federatsiyasi tomonidan ishtirokchilar toʻplami taqdim etiladi.

Ishtirokchilar to’plamiga quyidagilar kiradi:

  • sport dasturining turiga muvofiq chipli start raqami;
  • kepka;
  • futbolka (uzun yengli).

Ishtirokchilar to‘plamini olish uchun 2023-yil 17−18-noyabr kunlari soat 10:00 dan 18:00 ga qadar topshiriladigan joyga (O‘zbekiston Yengil atletika federatsiyasi) shaxsan borish va ro‘yxatdan o‘tgan ishtirokchining QR kodini ko‘rsatish kerak.

G‘olib va sovrindorlar tadbir tashkilotchilari va hamkorlari tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadilar.

10 km va 3 km masofani bosib o‘tgan barcha ishtirokchilar finishga erishganlik uchun medallar bilan taqdirlanadilar (10 km masofaga yugurishda qatnashgan sportchilar va havaskorlar belgilangan muddatda masofani bosib o‘tishlari kerak — 1 soat 20 daqiqa).

Ishtirok etish narxi: 99 000 so’mdan 149 000 so’mgacha.
Chiptalarni iticket.uz sayti orqali xarid qilish mumkin.

Murojaat uchun telefonlar: (+998) 95−142−0184, (+998) 71−207−1071, (+998) 71−207−2072.

  • Sana
    19 noyabr, 08:00
    Joy
    Humo Arena
    Toshkent, Afrosiyob ko‘ch. va Beshyog‘och ko‘ch. chorraha