Toshkent jamoat transportida yo'l haqidan tejashning 3 usuli

E’lon qilingan sana· 2 430
Toshkent jamoat transportida yo'l haqidan tejashning 3 usuli

1-noyabrdan “Toshshahartransxizmat” 2019-yildan buyon ilk bora Toshkent shahridagi jamoat transportida yo‘lkira haqini oshirmoqda. Endi safar uchun naqd pul orqali 2000 so‘m, ilova orqali yoki ATTO kartasi bilan to‘lashda esa 1700 so‘m to‘lash kerak bo‘ladi. Shu kuni chegirmalar va bir soat ichida transferlar uchun bepul safarni nazarda tutuvchi ancha murakkab transfer tariflari joriy etildi.

Biz ushbu “chalkashlikni” o’rganib chiqib, nafaqat pulingiz, balki vaqtingizni ham tejashga yordam beradigan uch xil usulini taklif qilmoqchimiz.

Uzum bank

Uzum Bank" orqali yo’lira haqini toʻlash uchun quyidagilarni amalga oshirish kerak:

  • ilovani yuklab oling va unda ro’yxatdan o’ting;
  • Ilovaning asosiy ekranida Uzum Pay punktini tanlang;
  • birinchi to’lovni amalga oshirganda ilovaga telefon kamerasiga kirishga ruxsat bering;
  • avtobuslarda toʻlash uchun telefon kamerangizni eshik yonidagi tutqichga oʻrnatilgan validatordagi kichik QR kodga yoʻnaltiring;
  • metroda toʻlovni amalga oshirish uchun oʻng burchakdagi “Metroda toʻlov” bandini va kerakli bekatni tanlang, soʻngra turniketdagi skanerga paydo boʻlgan shtrix-kodni biriktiring.

Uzum bank orqali yo‘l haqini to‘lashning afzalligi shundaki, har bir safardan 20% keshbek qaytariladi — 1700 so’mlik to’lovdan 340 so‘m qaytariladi, ya’ni bir safarning haqiqiy qiymati 1360 so‘mni tashkil etadi. Olingan keshbekni bank kartasiga o’tkazish va istalgancha sarflash mumkin.

Uzum bankda QR-kod orqali yo’lkira haqini to‘lashning kamchiliklari:

  • telefon quvvati noqulay vaqtda tugab qolishi mumkin;
  • internetga ulanish beqaror bo’lishi mumkin;
  • arzonroq telefon kameralari kichik o’lchamlari tufayli QR kodni to’liq ko’ra olmasligi;
  • QR-kod orqali to’lov karta orqali to’lovdan ko’ra ko’proq vaqt oladi.

Humans

Humans kartasi bilan yo’lkira haqini toʻlash uchun quyidagilarni amalga oshirish kerak:

  • kompaniya saytida, ilovasida yoki savdo nuqtalarida kartaga buyurtma berish va uni faollashtirishingiz;
  • Humans yagona hisob raqamini to’ldirishingiz;
  • avtobus yoki metroda kartangizni validatorga bir soniya bosib turing.

Humans kartasi bilan yo’lkira uchun to’lovning afzalliklari:

  • jismoniy kartaning mavjudligi tufayli safar uchun to’lov bir soniya davom etadi;
  • har bir sayohatdan 35% keshbek qaytariladi — 1700 so’m uchun 425 so’m qaytariladi.

Minus tarafi shundaki, taqdim etilgan keshbek faqat Humans ilovasi orqali aloqa uchun to‘lash maqsadida ishlatish mumkin, boshqa xaridlarga sarflab bo‘lmaydi.


ATTO

ATTO orqali jamoat transporti yo‘l haqqi uchun to‘lashning ikki xil usuli bor — smartfondagi ilova orqali va karta orqali.

ATTO ilovasi orqali to‘lov qilish uchun quyidagilarni amalga oshirish kerak:

  • ilovani yuklab olish va undan ro‘yxatdan o‘ting;
  • ilovaning asosiy menyusidagi “QR to‘lov” bo‘limini tanling;
  • birinchi to‘lov paytida ilova telefon kamerasiga kirishga ruxsat bering;
  • telefon kamerasini avtobusga chiqishdagi tutqichlarga o‘rnatilgan validatorlardagi kichik QR kodga yo‘naltiring;
  • shuningdek, Android tizimi foydalanuvchilari ATTO ilovasida NFC tizimi orqali ham to‘lov qilishlari mumkin.

ATTO kartalari orqali to‘lov qilish uchun:

  • kompaniya sotuv nuqtalaridan karta sotib oling;
  • balansni to‘ldiring;
  • avtobus va / yoki metrodagi validatorlarga soniyaga kartani tekkizish kerak bo‘ladi.

ATTO kartalari orqali yo‘l haqini to‘lashning asosiy afzalligi shundaki, bir soat ichida almashishlar uchun chegirmalar taqdim etiladi.

ATTO kartasi orqali to‘lov amalga oshirishning kamchiliklari yo‘q, ilova orqali to‘lovda esa Uzum Bank uchun sanalganlarni qo‘shsa bo‘ladi.

Birinchi to‘lov amalga oshirilgan vaqtdan boshlab bir soat ichida almashishlarda ATTO chegirmasi:

  • avtobus 1700 so‘m + avtobus 700 so‘m + keyingi avtobus safari — bepul = 2400 so‘m;
  • avtobus 1700 so‘m + avtobus 1100 so‘m + avtobus 700 so‘m + keyingi avtobus safari — bepul = 3500 so‘m;
  • avtobus 1700 so‘m + avtobus 700 so‘m + avtobus so‘m + keyingi avtobus safari — bepul = 3500 so‘m;
  • avtobus 1700 so‘m + avtobus 700 so‘m + metro 1100 so‘m + keyingi avtobus safari — bepul = 3500 so‘m;
  • metro 1700 + avtobus 1100 so‘m + metro 1700 so‘m + avtobus 1100 so‘m + avtobus 700 so‘m = 6300 so‘m.

Ya’ni, avtobusdan boshqa avtobusga bir soat ichida birinchi o‘tish 700 so‘mga tushadi. Agar siz hali ham avtobusga o‘tish uchun vaqtingiz bo‘lsa, keyingi transferlar bepul.

Bunda metrodan avtobusga yoki aksincha o‘tish 1100 so‘mga tushadi. Keyingi avtobus 700 so‘m turadi. Agar avtobusga o’tish uchun vaqtingiz bo’lsa, u bepul bo’ladi.

Nikita Davidov
Muallif
Nikita Davidov
Yevgeniy Sorochin
Fotosuratchi
Yevgeniy Sorochin
Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ