Toshkentda yangi avtobus yo‘nalishi tashkil etish taklif qilinmoqda

E’lon qilingan sana· 270
Toshkentda yangi avtobus yo‘nalishi tashkil etish taklif qilinmoqda

Poytaxtning Sergeli tumanida yangi avtobus yo‘nalishini tashkil etish taklif etilib, jamoatchilik fikri o‘rganilmoqda.

“Toshshahartransxizmat” AJ matbuot xizmatining Telegram kanalida yangi yo‘nalishning chizmasi e’lon qilindi. U halqa yo‘nalish hisoblanadi. So‘nggi bekati etib Yangi Choshtepa mavzesida belgilangan holda, THAY, Choshtepa, Yangi Sergeli yo‘li, THAY orqali aylanma harakat orqali harakatlanadi. Yo‘nalishda o‘rta sig‘imli avtobuslardan foydalanish rejalashtirilmoqda.

Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati ham ushbu xabar va so‘rovnomani o‘z Telegram kanalida ulashdi. So‘rovnomada 7-noyabr soat 11:40 holatiga ko‘ra, 942 kishi qatnashib, ularning 70 foizi (taxminan 650 kishi) ushbu yangi yo‘nalishni tashkil qilishga rozilik bildirgan. So‘rovnoma qachongacha davom etishi ma’lum emas.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ