Toshkentda mushuklar uchun “mehmonxona” ochildi

E’lon qilingan sana· 249
Toshkentda mushuklar uchun “mehmonxona” ochildi

Poytaxtning Uchtepa tumanida joylashgan “Vatan” mahallasida mushuklar uchun maxsus “mehmonxona” tashkil etildi, deya xabar bermoqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

Ta’kidlanishicha, mazkur “mehmonxona” ko‘ngillilar tashabbusi va mahalla aholisining roziligi bilan qurilgan. “O‘ziga xos „mehmonxona“ ko‘cha mushuklari uchun issiqqina boshpana vazifasini bajarib, yaqinlashib kelayotgan qish kunlarida joniga oro kiradi”, deyiladi xabarda.

Mushuklar mehmonxonasi “Mushukkent” loyihasi va Toshkent shahar IIBB himoyasida bo‘lib, mahallada yashovchi bolalarni jonivorlarga mehrli bo‘lishga o‘rgatadi, deya qayd etdi loyiha tashabbuskorlari.

“Mushukkent” loyihasida yozilishicha, boshpana xarajatlarini Go‘zal ismli ko‘ngilli o‘z bo‘yniga olgan. Endi u yerga kuzatuv kamerasini o‘rnatish haqida o‘ylanmoqda.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2023 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ