Dam olish kunlari yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

E’lon qilingan sana· 280
Dam olish kunlari yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

O’zgidromet`ning xabar berishicha, dam olish kunlari havo harorati kechasi +3…+8 daraja iliq, kunduzi +13…+18 daraja iliq bo‘lishi saqlanib turadi.

Juma kuni O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Shanba kuniga kelib, kunning ikkinchi yarmida Buxoro va Navoiy viloyatlarida, kechga tomon esa Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi.

Yakshanba kuni O‘zbekiston bo‘ylab yana yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat kechasi va ertalabki soatlarda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida va Toshkent viloyatining ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘adi.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda 11-noyabr va 12-noyabrda kechga tomon yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, Toshkent viloyatida ba’zi joylarida kuchli bo‘ladi.

Poytaxtda 10-noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 11-noyabrda kechga tomon yomg‘ir yog‘adi. 12-noyabrda kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduz kungi harorat +16…+18 daraja iliq, yakshanba kuni esa +13…+15° iliq, kechasi +4…+7 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 3−8 m/s tezlikda esadi, 11-noyabrda 12−15 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2023 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ