Ish haftasi davomida havo iliq bo‘ladi

E’lon qilingan sana· 88
Ish haftasi davomida havo iliq bo‘ladi

O‘zgidromet`ning xabar berishicha, ish haftasi davomida respublika bo‘yicha quruq ob-havo saqlanib turadi. Hafta boshida ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.

Dushanba kuni O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati +13…+18 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Havo harorati kundan-kunga ko‘tarilib, ish haftasining ikkinchi yarmida kunduz kungi havo harorati +21…+24 daraja iliqqacha, respublika janubida ba’zi joylarda +25…+27 darajagacha iliq bo‘ladi.

Havo harorati hafta oxiriga kelib, kechasi +7…+10 daraja iliqqacha ko‘tariladi. Bunday harorat foni noyabr oyining o‘rtalari uchun iqlim qiymatlaridan +5…+8 daraja yuqori hisoblanadi.

Poytaxtda 13−17-noyabr kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan o‘rtacha tezlikda esadi.

Dushanba kuni kunduzi havo harorati +14…+16 daraja iliq, keyinchalik kunduzgi harorat ko‘tarilib, 16−17-noyabrda +21…+23 daraja iliq bo‘ladi. Kechasi harorat +5…+7 daraja iliqdan, +8…+10 daraja iliqqacha asta-sekin ko‘tariladi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2023 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ