17-19-noyabr kunlari Toshkentning ayrim ko‘chalari yopiladi

E’lon qilingan sana· 578
17-19-noyabr kunlari Toshkentning ayrim ko‘chalari yopiladi

19-noyabr kuni Davlat bayrog‘i kuniga bag‘ishlangan “Yangi nafas” xalqaro ommaviy yugurish musobaqalari o‘tkazilishi munosabati bilan poytaxtning ayrim ko‘chalari vaqtinchalik yopiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

17-noyabr kuni soat 00:00 dan 19-noyabr kuni soat 12:00 gacha:

  • Afrosiyob ko‘chasining Islom Karimov ko‘chasi bilan kesishmasidan Beshyog‘och ko‘chasi bilan kesishmasigacha bo‘lgan qismi;

19-noyabr kuni soat 06:30 dan 09:30 gacha:

  • Afrosiyob ko‘chasining Islom Karimov ko‘chasi bilan kesishmasidan boshlab Oybek, Nukus va Abdulla Qodiriy ko‘chalari.

“Noqulayliklar uchun uzr so‘rab, haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanishlarini tavsiya etamiz”, deyiladi hokimlik xabarida.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling