Toshkentda “Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzusida konferensiya boʻlib oʻtadi

11−12-dekabr kunlari Toshkent shahrida “Jadidlar: milliy oʻzlik, istiqlol va davlatchilik gʻoyalari” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya oʻtkaziladi.
Tadbir Milliy mass-mediani qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, Fanlar akademiyasi Tarix instituti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi hamda Turkiy davlatlar tashkiloti hamkorligida tashkil etilmoqda.
Konferensiyaning birinchi kunida — jadidchilik harakati g‘oyasi, maqsad va vazifalarini izchil o‘rganishda yangi insaydlar, harakatning ma’rifat va noshirlik sohasidagi hissasi, milliy davlatchilik shakllanishi bo‘yicha ijtimoiy-siyosiy sa’y-harakatlari, shuningdek, jadidlarning ilmiy va madaniy merosi, ularning tadqiqotlari borasida fikr almashiladi.
Anjuman doirasida yoshlar, mustaqil tadqiqotchilar va jadidchilik harakatiga befarq boʻlmagan barcha jamoatchilik vakillari uchun xorijiy va mahalliy olimlar ishtirokida 12-dekabr kuni soat
Uchrashuvda olimlar Temur Xo‘jao‘g‘li, Adib Xalid, Hisao Komatsu, Zaynobiddin Abdirashidov va dunyo bo‘ylab mashhur tarixiy seriallar muallifi Mehmet Bo‘zdog‘ ishtirok etadi. Batafsil ma’lumotni konferensiya saytidan olish, tadbirning ikkinchi kunida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish mumkin.