Toshkent metropolitenining yerusti yo‘nalishidagi ayrim bekatlar ish vaqti vaqtinchalik o‘zgaradi

E’lon qilingan sana· 1 548
Toshkent metropolitenining yerusti yo‘nalishidagi ayrim bekatlar ish vaqti vaqtinchalik o‘zgaradi

16-dekabrdan “Yer usti halqa yo‘li” yo‘nalishining Texnopark (Do‘stlik-2) va Yashnobod (2-bekat) bekatlari ortidan Tuzel (3-bekat) bekatida ham ish rejimi soat 06:00 dan 22:00 ga qadar tashkil etiladi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” DUK axborot xizmati xabar berdi.

Olmos (4-bekat) bekatidan Quruvchilar (12-bekat) bekatigacha bo‘lgan bekatlar oralig‘ida ish rejimi o‘zgarmagan holda 05:00 dan 23:00 ga qadar tashkil etiladi.

O‘zgarishlar ushbu yo‘nalishdagi Turon (13-bekat) va Qipchoq (14-bekat) metro bekatlarini ishga tushirish maqsadida boshqa mavjud bekatlar bilan texnik jihatdan o‘zaro bog‘lash ishlari olib borilishi bilan bog‘liq.

“Ma'lumot uchun 05:00 dan 06:00 gacha va 22:00 dan 23:00 gacha Olmos-Quruvchilar bekatlari oralig‘ida bir tomonlama (челнок) poyezdlar harakati tashkil etiladi”, deyiladi xabarda.

Avvalroq, aniqrog‘i 25-noyabrdan ushbu yo‘nalishdagi Texnopark (Doʻstlik-2) va Yashnobod (2-bekat) bekatlari ish rejimi (06:00 — 22:00) o‘zgarishi haqida xabar berilgandi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ