Endi AliExpress`da Uzcard va Humo kartalari bilan toʻlov qilish mumkin

AliExpress Uzcard/Humo kartalari bilan toʻlov qilishni joriy etdi va Oʻzbekistonga yetkazib berishni jadallashtirdi.
Endi barcha foydalanuvchilar Uzcard va Humo kartalari bilan toʻlov qilish funksiyalaridan foydalanish imkoniga ega boʻldilar, yetkazib berishning oʻrtacha vaqti esa, 14 kungacha qisqarishi kutilmoqda.
Dekabrda AliExpress Uzcard va Humo toʻlov tizimlarini ulash jarayonini yakunladi va endi Oʻzbekistonning butun aholisi buyurtmalar uchun ushbu kartalar orqali toʻlov qilishlari mumkin boʻladi.
Xaridlar uchun pul yechib olish milliy valyuta — soʻmda amalga oshiriladi. Shuningdek, AliExpress toʻgʻridan-toʻgʻri reyslar tufayli Xitoydan Oʻzbekistonga buyurtmalar yetkazib berilishi muddatini qisqartirdi. Xaridning yetib kelishi oʻrtacha muddati 14 kungacha qisqardi.
AliExpress — Xitoy va dunyoning boshqa mamlakatlaridan keng ehtiyoj tovarlari sotuvi boʻyicha MDHdagi eng yirik onlayn-platforma. Marketpleys assortimenti Xitoy va boshqa mamlakatlardan yetkazib beriladigan qariyb 200 mln SPU (rang va oʻlchamlar inobatga olinmagan noyob tovar birligi)ni tashkil qiladi.