O‘zbekistonda hafta davomida havo salqin bo‘ladi

E’lon qilingan sana· 4 684
O‘zbekistonda hafta davomida havo salqin bo‘ladi

O‘zgidromet'ning xabar berishicha, 11-yanvar kuni O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan nam va salqin havo kirib kelishi kutilmoqda.

8-yanvar kuni Toshkent, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ertalab biroz yomg‘ir yog‘ish ehtimoli bor, qolgan hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kunduzi + 7−12 darajada dan yuqori bo‘lmaydi.

9−10-yanvar kunlari O‘zbekistonga Turkmaniston hududlaridan iliq havo massasi kirib kelishi kutilmoqda. Ushbu kunlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat ko‘tariladi. 9-yanvarda kechasi 0−5 daraja, kunduzi + 12−15 daraja iliq bo‘ladi, 10-yanvarda harorat kechasi + 5−8 darajagacha, kunduzi +15−18 daraja, janubiy hududlarda + 20 darajagacha ko‘tariladi. Kechasi va ertalab respublika bo‘yicha tuman tushadi.

11-yanvarda mamlakat hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan nam va salqin havo kirib kelishi kutilmoqda. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, shimolda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Havo harorati kechasi + 5−10 daraja, kunduzi + 10−15 darajani tashkil etadi, shimolda kechasi — 3−8 darajaga, kunduzi 0−5 daraja iliqqacha pasayadi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ