Humo Arena’da tennis bo‘yicha Devis kubogi saralash o‘yinlari bo‘lib o‘tadi
E’lon qilingan sana: · 565

2−3-fevral kunlari Humo Arena’da Devis kubogi jahon saralash bosqichining birinchi raundidan oʻrin olgan Oʻzbekiston — Polsha terma jamoalari oʻrtasidagi bahs boʻlib oʻtadi. Bellashuvlar oldidan qurʼa tashlash marosimi va matbuot anjumani oʻtkazildi, deya xabar bermoqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
Tadbirda Oʻzbekiston tennis federatsiyasi Bosh kotibi Iroda Toʻlaganova va federatsiya raisi oʻrinbosari Azizbek Xadjayev, oʻyin referisi Tom Kinlox, Polsha tennis federatsiyasi masʼullari va OAV xodimlari ishtirok etish
Qurʼa yakunlariga koʻra, juftliklar quyidagicha koʻrinish oldi:
2-fevral, soat 14:00 da:
- Sergey Fomin — Xubert Xurkach;
- Humoyun Sultonov — Maks Kasnikovski.
3-fevral, soat 13:00 da:
- Sergey Fomin / Maksim Shin — Xubert Xurkach / Yan Zelinski;
- Humoyun Sultonov — Xubert Xurkach;
- Sergey Fomin — Maks Kasnikovski.
Humo Arena’da bo‘lib o‘tadigan uchrashuvlarga kirish bepul.