Aviachiptalar sotish qanday qilib orzular ushalishiga yordam bera oladi?
Zafar Mingboyev yangi Dreamport paltformasida "Mustaqil sayohat menejeri" sifatidagi faoliyatini boshlagan. U platformadagi tajribasi, hamda orzulari yo‘lidagi qadamlari bilan o‘rtoqlashdi.
Zafar Mingboyev 22 yoshda va u Jizzaxda tug‘ilgan. To‘rt oy avval u Dreamport deb nomlanuvchi yangi raqamli paltformada o‘zining “Mustaqil sayohat menejeri” sifatidagi faoliyatini boshlagan. Uning uchun bu qandaydir kasb yoki xobbi emas, balki o‘zining kelajakdagi orzularini ro‘yobga chiqarish imkoniyatidir.
Zafarning sayyohlik sohasiga bo‘lgan ishtiyoqi har doim yuqori bo‘lgan. U ilgari bir necha oy davomida boshqa sayyohlik kompaniyasida aviachiptalar sotish bilan shug‘ullangan, biroq Dreamport`da mustaqil sayohat agenti bo‘lish hozirgacha uning foydali tajribasi ekanligini tan oladi, chunki kompaniya o‘z e’tiborini birinchi navbatda mijozlarga yuqori sifatli xizmat ko‘rsatishga va agentlarni bu ishni muvaffaqiyatli bajarish uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarga o‘qitishga qaratilgan. Zafarning fikricha, hamma kompaniya ham buni bera olmaydi.
U, shuningdek, dasturchi sifatida to‘liq stavkada ishlaydi, lekin barcha topshiriqlarini uydan bajarganligi sababli ko‘pincha yolg‘izlikni his qiladi va kundalik odamlar bilan muloqotga o‘zida ehtiyoj sezadi. Zafarning ta’kidlashicha, u o‘zining frilanserlik karyerasini boshlaganining asosiy sababi ushbu platformaning sayyohlik agentlariga taqdim etayotgan moslashuvchanligi edi. Zafar Dreamport haqida sayyohlik sohasidagi do‘stlari orqali bilib oldi va Instagram`da ariza topshirish havolasiga ega postini ko‘rib, tezda anketani to‘ldirdi.
“Oson va qulay”, — deya eslaydi u.
Dreamport platformasi O‘zbekistonda 2023-yili ishga tushirildi va nisbatan qisqa vaqt ichida Zafar Mingboyev mijozlarga to‘liq masofadan turib biznes-klassdagi yuzlab reyslarni sotgan O‘zbekistondagi muvaffaqiyatli sayohat agentlaridan biriga aylandi.
Dreamport keng qamrovli konsolidator vosita sifatida ishlaydi, bu frilanserlarga “Mustaqil sayohat menejerlari” sifatida shartnoma tuzish imkonini beradi, bu esa sayyohlik sohasidagi ishlarni osonlashtirish va ko‘plab mamlakatlarda, jumladan, O‘zbekistonda hamon muammo bo‘lib qolayotgan yoshlar o‘rtasidagi ishsizlikni bartaraf etish imkonini beradi.
Zafarning o‘zi esa aviachiptalarni sotish jarayonidan shunchaki zavq olayotgan bir vaqtda faoliyatining muvaffaqiyat qismi tabiiy ravishda kelayotganini aytdi. Dreamport`da ishlash unga bir vaqtning o‘zida ikkita ishni birlashtirish hamda uyda bo‘sh va ish vaqtini qulay tarzda rejalashtirish imkonini beradi.
“Bu men kabi kichikroq shaharlarda yashovchi va har doim ham ish joyiga borish imkoniga ega bo‘lmagan insonlar uchun ajoyib imkoniyatdir. Boshqa sayyohlik agentliklari bilan solishtirganda, hozirgi ish joyining unga ma’qul bo‘lgan tomoni shundaki, chiptalarni sotish maqsadlari ham har bir agentning bo‘sh vaqti, uning professional va moliyaviy maqsadlariga qarab moslashuvchan bo‘ladi. Uning uchun daromad asosiy masala emas, lekin inkorsiz u ajoyib bonus”, — dedi Zafar.
Yaxshi suhbatdosh sifatida Zafar insonlar bilan muloqot qilishni yaxshi ko‘radi va u buni o‘zining muzokaralar olib borish hamda savdo ko‘nikmalarini rivojlantirish bilan birga, qo‘shimcha daromad olish uchun ham ajoyib imkoniyat deb bildi. Har bir mijoz uchun individual yondashuvni topish Zafarni har doim hayajonga solgan va unga motivatsiya bergan.
“Menga turli mamlakatlar va millat vakillari bilan muloqot qilish, ularning ehtiyojlarini tushunish va ular uchun eng yaxshi yechimlarni topishga yordam berish haqiqatdan juda yoqadi. Bu esa meni Dreamport kompaniyasining O‘zbekistondagi muvaffaqiyatli sayohat menejerlaridan biriga aylanishimga undadi. O‘zim ko‘p sevgan sohada yaxshisi bo‘lish menga yanada ko‘proq motivatsiya beradi”, — bo‘lishdi u.
Zafarning fikricha, istalgan kishi, jumladan, bu sohaga yangi kirib kelganlar ham sayyohlik sohasida hech qanday bilim va ko‘nikmalarsiz bu ishni bajara oladi.
“Aksariyat sayyohlik kompaniyalari agentlarni soha bo‘yicha hech qanday bilim va ko‘nikmalar yoki o‘quv dasturlari bilan ta’minlamaydi va butun e’tiborni sotuvga qaratadi. Dreamport esa o‘z agentining savdo va marketingdan tortib har xil raqamli vositalari bilan birga, agent sifatida turli sohalarda malaka va tajribalarni oshirishga sarmoya kiritadi.
Avvaliga mashg‘ulot jarayoniga biroz shubha bilan qaradim, lekin bu juda ko‘p ma’lumotga ega va bepul bo‘lib chiqdi. Bundan tashqari, biz bajarayotgan ishimizda professional bo‘lishga yordam beradigan maxsus vositalar va ta’lim dasturlari mavjud", — o‘rtoqlashdi Zafar.
Shuningdek, Zafar hisobot beradigan rahbarlar va menejerlarning barchasi juda samimiy bo‘lib, ular qo‘lidan kelgan barcha yordamni berishadi.
“Men soha ekspertlaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘rganishim mumkin, bu esa mening ish faoliyatimni ancha osonlashtiradi”, — u dedi.
Sayohat agenti Zafar aviakompaniya sohasini juda qadrlaydi va bu tajribangizni oshirib borish bilan birga ko‘proq daromad olish va karyerangizda yangi marralarga erishish uchun yaxshi sohalardan biri deb hisoblaydi. Uning professional tomondan maqsadi Qatar Airlines kompaniyasining texnik xizmat ko‘rsatuvchi lavozimiga ariza berish, shu bilan bir vaqtda mahalliy hamjamiyatga yordam beradigan o‘z biznesini boshlash, Dreamport`dagi tajribasi esa uning kelajakdagi ushbu imkoniyatlari uchun poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Zafarning hozirgi ishi o‘z biznesini boshlash va kuchini isbotlash yoki bosqichma-bosqich yirik global kompaniyada to‘liq ish soatlariga ega bo‘lish uchun mos keladi. Shuningdek, har kuni ingliz tili ona tili hisoblangan so‘zlashuvchilar bilan muloqot qilganda, til ko‘nikmalaringizni yaxshilashning ajoyib usuli hisoblanadi, chunki mijozlarining aksariyati amerikaliklardir.
“Ingliz tilini bilsangiz va sifatli Wi-Fi ulanishiga ega bo‘lsangiz, ishni bemalol boshlay olasiz. Siz ham o‘zingizni sinab ko‘rishingiz mumkin” — deya xulosa qiladi Zafar.
Dreamport hozirda o‘zining “Mustaqil sayohat menejerlari” dasturiga yangi arizalar qabul qilmoqda. O‘zbekistonning istalgan nuqtasidan qiziqqan shaxslar Dreamport saytiga tashrif buyurib, dastur haqida ko‘proq ma’lumot olishlari va bepul ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Ko‘proq ma’lumot olish uchun Dreamport saytiga tashrif buyurishingiz mumkin.
Reklama huquqlari asosida.