Qishning so‘nggi kunlarida ham qor yog‘adi

E’lon qilingan sana· 68
Qishning so‘nggi kunlarida ham qor yog‘adi

Qishning so‘nggi kunlari va bahorning birinchi kuni O‘zbekiston hududi bo‘yicha ob-havoning beqaror sharoiti saqlanib turadi. Bu haqda O‘zgidromet agentligi xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, Toshkentda 26-fevralning birinchi yarmida biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. 28-fevral va 1-mart kunlari vaqti-vaqti bilan yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi. Haftaning qolgan kunlari esa asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.

Harorat kechalari 1−4 daraja sovuq, kunduz kunlari 3−6 gradus iliq bo‘ladi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5−10 m/s tezlikda esdi.

Prognozga ko‘ra, 26−29-fevral va 1-mart kunlari respublikaning ko‘pchilik viloyatlarida vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi. Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va bugun kunduzi Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Ushbu kunlarda respublika bo‘yicha me’yordan 2−5 darajaga past bo‘lgan harorat saqlanib turadi. Havo harorati kechalari 0−5 gradus sovuq, shimolda 5−10 daraja sovuq, kunduz kunlari 2−7 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Shamol 7−12 m/s tezlikda esadi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushadi. Tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Qor ko‘chishi xavfi bor.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling