O‘zbekistonda yangi Cinnabon qandolatchilik uyi ochildi

E’lon qilingan sana· 1 609
O‘zbekistonda yangi Cinnabon qandolatchilik uyi ochildi

Cenomi Group korxonasi O‘zbekiston bozoriga afsonaviy brendlardan birini olib kirdi.

Cinnabon bu — dolchinli bulochkalar, pishirilgan mahsulotlar va mazali ichimliklar tayyorlovchi afsonaviy korxonalardan biri boʻlib, u Oʻzbekistonda yangi qandolatchilik uyini ochdi.

Toshkentda ochilgan yangi Cinnabon qandolat uyi franshizasi Cenomi Retail kompaniyasi tomonidan boshqariladi. Saudiya Arabistonining Cenomi Retail kompaniyasi — turmush tarzi va chakana savdo sohasida yetakchi korxonalardan biri boʻlib, hozirda kompaniya Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika va MDH davlatlarida tobora yuksalib bormoqda.

“Cinnabon — dunyodagi eng sevimli brendlardan biri. O‘zbekiston aholisini takrorlanmas, mazali va pishirilgan xushboʻy mahsulotlar bilan ta’minlay olganimizdan juda xursandmiz. Cenomi mijozlar uchun turmush tarzi, moda, ovqatlanish va oʻyin-kulgi ekotizimida eng yaxshisini taklif qiladi va biz bajaroyotgan har bir ishda mijozlar uchun eng yuqori darajada xizmat koʻrsatishdan faxrlanamiz”, — dedi Zaradecht Hamou, Oʻzbekistondagi Cenomi Group korxonasi tijorat direktori.

Yangi qandolat uyida mehmonlar issiq xamir va dolchinning xushboʻy hididan va shirinliklaridan bahramand boʻlishadi. Cinnabon`ning dunyoga mashxur dolchinli bulochkalari Makara dolchini bilan pishiriladi, ustiga qaymoqli pishloq qoʻshiladi. Ular klassik, karamelli Caramel Pecanbon va shokoladli Chocobon kabi har xil turlarda boʻladi.

Mehmonlar dolchinli bulochkalardan tashqari, Roll on the Go oʻzi bilan birga olib ketish mumkin boʻlgan klassik bulochkaning oʻziga xos ta’midan va Cinnabon Stix kabi noz-ne'matlardan bahramand boʻlishlari mumkin, jumladan, espressodan tayyorlanuvchi issiq va muzli qahvalar va aralash chillattalar ham taklif etiladi. Yangi Cinnabon noz-ne'matlariga toʻyolmayotgan mehmonlar uylariga CinnaPack olib ketishlari yoki toʻgʻridan-toʻgʻri oʻz eshiklarigacha buyurtma berishlari mumkin.

Yangi Cinnabon qandolat uyi Seoul Mun kompleksida joylashgan.

Btafsil ma’lumotni cenomigroup.com saytidan olishingiz mumkin.

Cenomi Retail toʻgʻrisida

Cenomi Retail Saudiya Arabistoni Qirolligidagi yirik franchayzing chakana savdo mulkdori va Yaqin Sharqdagi bu sohada roʻyxatga olingan biznes hisoblanadi. Kompaniyaga taniqli biznesmen va developer Favaz Al-Hokair va aka-uka Salmon va Abdulmajidlar tomonidan hamkorlikda asos solingan. Cenomi Retail 1991 yilda oʻzining birinchi doʻkonini ochganidan beri sezilarli darajada oʻsdi va hozirda 11 mamlakatdagi 100 ta savdo markazlarining 1300 dan ortiq doʻkonlarda faol ishlab kelmoqda.

Cenomi Retail dunyo brendlarining premium franchayzing sotuvchisi sifatida xizmat koʻrsatadi va Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika va MDH mintaqalarida xalqaro miqyosda faoliyat yuritadi. Cenomi Retail ayollar kiyimlari, erkaklar kiyimlari, bolalar va chaqaloqlar buyumlari, poyabzal va aksessuarlar, kosmetika, oziq-ovqat va ichimliklar, sport va oʻyin-kulgi sohasida mustahkam asosga ega.

Koʻproq ma’lumotni cenomiretail.com saytida olish mumkin.

Cinnabon toʻgʻrisida

Korxona 1985 yilda Amerikaning Sietl shahrida tashkil etilgan va hozirda Atlanta shahrida joylashgan boʻlib, Cinnabon dolchinli bulochka pishiruvchi qandolatchilar orasida bozor yetakchilaridan biri hisoblanadi. Kompaniya yangi, xushboʻy va issiqqina dolchinli bulochkalari va boshqa turli xil pishirilgan mahsulotlar va maxsus ichimliklar bilan xizmat koʻrsatadi. 2023-yil 26-mart holatiga ko‘ra, Cinnabon dunyo bo‘ylab 1850 dan ortiq doʻkonga ega bo‘lib, birinchi navbatda savdo markazlari, aeroportlar, vokzallar, sayyohlik maydonlari va ko‘ngilochar markazlar kabi tirbandlik ko‘p bo‘lgan joylarda joylashgan. 

Cinnabon, shuningdek, koʻp kanalli litsenziya beruvchi boʻlib — yoʻlda, oziq-ovqat doʻkonlarida, universitetlarda, uyda yoki ofisda iste’molchiga tegishli vaziyatlarda koʻp taraflama oʻsishga e’tibor qaratadi.

Batafsil ma’lumot olish va Cinnabon bilan bogʻlanish uchun kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarda obuna boʻlgan ma’qul.

Telefon: (+998) 90−830−20−23.

Sayt: cinnabon.com
Instagram: @cinnabonuzbekistan
Facebook: fb.com/cinnabonuzbekistan

Reklama huquqlari asosida.

Cinnabon
    Баходыра ko‘ch., 1/1, Yakkasaroy tumani
    Cinnabon
    Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
    Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
    Muassis: «Afisha Media» MChJ
    Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
    Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
    © 2005-2024 Afisha.uz
    «Afisha Media» MChJ