Bayram kunlari yog‘ingarchilik kuzatilishi mumkin

E’lon qilingan sana· 576
Bayram kunlari yog‘ingarchilik kuzatilishi mumkin

O‘zbekistonda hafta boshida havo juda iliq bo‘ladi. Keyinroq nam havo massalari kirib kelishni boshlaydi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet agentligi.

Ta’kidlanishicha, dushanba va seshanba kunlari respublikaning ko‘p viloyatlarida quruq va juda iliq ob-havo saqlanib turadi. 18-mart kuni Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarining ayrim joylarida, 19-mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasida yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati +15…+20 daraja iliq atrofida, ba’zi joylarda +22 daraja iliqqacha, janubda +25…+28 daraja iliqqacha bo‘ladi.

20−22-mart kunlari respublika hududiga nam havo kirib kelishi kutilmoqda. Shu kunlari vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, joylarda kuchli yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. 21−22-mart kunlari havo harorati +10…+15 darajagacha pasayishi ehtimoli bor.

Havo harorati 20-martda +15…+20 daraja iliq bo‘ladi, 21−22-martda +10…+15 daraja iliqqacha asta-sekin pasayadi.

Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7−12 m/s tezlikda esadi, 20−21-martda ba’zi joylarda 15−20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 25−28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ