Navro‘z bayramida yomg‘ir yog‘ishi, hafta oxiri iliq bo‘lishi kutilmoqda

E’lon qilingan sana· 226
Navro‘z bayramida yomg‘ir yog‘ishi, hafta oxiri iliq bo‘lishi kutilmoqda

23−24-mart kunlari O‘zbekistonning barcha hududida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar bermoqda.

20−22-mart kunlari O‘zbekiston hududiga O‘rta dengizdan nam havo kirib keladi. Respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 20−21-mart kunlari ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, ayrim joylarda momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Poytaxtda 20-martda kechga tomon va 21−22-mart kunlari vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 21-martda shamol tezligi 15−17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat chorshanba kuni kunduzi +21…+23 daraja, 21-martda 15−17 daraja, 22-martda +12…+14 daraja, kechalari +9…+12 daraja atrofida bo‘ladi.

23−24-mart kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari +6…+8 daraja, kunduz kunlari +17…+20 daraja iliq bo‘ladi.

20-martda respublikaning ko‘p hududlarida juda iliq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati +19…+24 daraja iliq atrofida, janubda +27…+29 daraja iliqqacha bo‘ladi.

21−22-mart kunlari harorat asta-sekin pasayadi, 22-martga kelib +10…+15 daraja iliqqacha bo‘ladi. 20−21-martda ba’zi joylarda shamol tezligi 15−20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda ba’zida 25−28 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Shanba, yakshanba kunlari harorat kechalari salqinroq bo‘ladi: +5…+8 daraja iliq atrofida. Kunduz kunlari esa harorat yana ko‘tarila boshlaydi va +17…+20 daraja iliqni, ba’zi joylarda 22 daraja iliqqachani tashkil etadi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida 20−22-mart kunlari sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Tog‘larda qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ