Next oilaviy-koʻngilochar kompleksida Navroʻz sayli va  sumalak bazmi boʻlib oʻtadi

E’lon qilingan sana· 374
Next oilaviy-koʻngilochar kompleksida Navroʻz sayli va  sumalak bazmi boʻlib oʻtadi

Bayram munosabati bilan, Toshkentdagi Next oilaiy-koʻngilochar kompleksida Navroʻz sayli va sumalak bazmi oʻtkaziladi. Sayl mobaynida milliy hunarmandchilik koʻrgazmalari, musiqiy orkestrlar va laparchilar chiqishlari tashkil qilinadi, bolajonlar kayfiyatini koʻtaruvchi animatorlar kabilarni uchratasiz.

Undan tashqari, majmua hovlisida tayyorlanadigan sumalakni kavlashingiz, undan tatib koʻrishingiz ham mumkin boʻladi.

Oilaviy kompleks 21, 22, 23 va 24-mart kunlari barcha yurtdoshlarni bayramni birgalikda oʻtkazishga chorlaydi. Ushbu kunlarda sizni quyidagi tadbirlar kutmoqda:

  • orkestrlar chiqishlari;
  • laparchilar qoʻshiqlari;
  • animatorlar qoʻlidan esdalik sovgʻalari;
  • milliy hunarmandchilik koʻrgazmalari;
  • pianinoda jonli ijro;
  • doshqozonda tayyorlanadigan sumalak va boshqalar.

Instagram: @next_mall

Reklama huquqlari asosida.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ