Hafta davomida kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

E’lon qilingan sana· 187
Hafta davomida kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

26−29-mart kunlari O‘zbekiston hududiga O‘rta dengizdan nam havoning bir qismi kirib kelishi kutilmoqda, deb xabar bermoqda O‘zgidromet xizmati agentligi.

Poytaxtda 26-martda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 27−29-martda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Dushanba va seshanba kunduzgi harorat +25…+27, 27-martda +20…+22, 28-martda +18…+20 daraja iliq, kechalari harorat asosan +11…+14 daraja iliq bo‘ladi.

25-mart kuni O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha havo harorati +23…+28 daraja iliq, janubda va cho‘l hududlarda 30 darajagacha bo‘lgan quruq va juda iliq ob-havo saqlanib turadi.

25-mart kuni respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

26-martda yuqori harorat foni saqlanib turadi, so‘ng havo harorati asta-sekin pasayadi va ish haftasining oxiriga kelib +13…+18 daraja iliqni tashkil etadi.

25−26 va 28−29-mart kunlari ba’zi joylarda shamol tezligi 17−22 m/s gacha kuchayadi, 28−29-martda ayrim joylarda ba’zida 25−28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Tog‘larda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ