Bugun O‘zbekistonda “Yer soati” aksiyasi bo‘lib o‘tadi
E’lon qilingan sana: · 356
“Yer soati” aksiyasi doirasida davlat tashkilotlarida elektr energiyasi bir soatga o‘chiriladi, deya xabar bermoqda “Nigoh” Telegram kanali.
“Yer soati” sayyoradagi eng yirik ekologik aksiyasi hisoblanadi. Unda har yili 190 mamlakat va 2 milliarddan ortiq aholi ishtirok etadi, 18 mingdan ortiq meʼmoriy obidalarning yoritilishi o‘chadi.
Tashabbus birinchi marta 2007-yilda Avstraliyada paydo bo‘lgan va hozirda iqlim o‘zgarishi muammosi va tabiiy resurslarni tejash zarurligiga eʼtiborni kuchaytirishga qaratilgan global harakatning bir qismidir.
Ta‘kidlanishicha, tabiiy resurslarni asrash maqsadida barcha davlat tashkilotlarida elektr jihozlari bir soatga o‘chiriladi.