Uzum va Zoo Planeta zoo do‘konlar tarmog‘i Mehr boshpanasiga yordam berdi

E’lon qilingan sana· 121
Uzum va Zoo Planeta zoo do‘konlar tarmog‘i Mehr boshpanasiga yordam berdi

Uzum milliy raqamli ekotizim servislari va Zoo Planeta zoo do‘konlari tarmog‘i bugungi kunda 1200 dan ortiq itlar yashaydigan boshpanaga oziq-ovqat va dori-darmonlar topshirishdi, shuningdek, mablag‘ o‘tkaziladi.

“Ramazon — yordamga muhtojlarga alohida eʼtibor berish kerak bo‘lgan vaqt. Hamkorlar bilan birgalikda Mehr boshpanasiga yordam berishga qaror qildik. Boshpana xodimlari har kuni ko‘plab itlar va kuchukchalarni boqishadi va davolashadi, ijtimoiylashtirishga yordam berishadi. Mehr tufayli qarovsiz qolgan hayvonlar vaqtinchalik yoki doimiy uylarini topadilar. Va, albatta, boshpanalar bizning yordamimizga muhtoj”, — dedi Uzum Tezkor servisining “Riteyl” yo‘nalishi rahbari Ivan Gordinskiy.

Boshpanaga yordam berish uchun Uzum Market va Uzum Tezkor mablag‘ yig‘ishni ham tashkil etishdi.

“Biz uchun har qanday hissa va yordam qadrli, oziq-ovqat va dori-darmonlar — bu boshpanada doimo yetishmayotgan narsa. Biz qo‘llab-quvvatlagani uchun kompaniya va ularning jamoalariga minnatdorchilik bildiramiz va umid qilamizki, Toshkentning befarq bo‘lmagan g‘amxo‘r aholisi Uzum va Zoo Planeta tashabbusiga qo‘shiladi. Ammo bizning asosiy maqsadimiz — boshpanamiz yashovchilari uchun mehribon egalarni topish, shuning uchun agar siz it olish haqida o‘ylayotgan bo‘lsangiz, boshpanadan it haqiqiy do‘stingizga aylanishi mumkinligini unutmang”, — deya taʼkidladi Mehr itlarga yordam markazi direktori Yermakova Malika.

Mehr itlarga yordam markazini qo‘llab-quvvatlash uchun quyidagi kartalarga mablag‘ o‘tkazish mumkin:

  • UZCARD — 8600 5729 0788 2992;
  • Visa — 4685 9701 6608 5330.

Markaz hayoti haqida batafsil maʼlumot bilan havola orqali tanishingiz mumkin.

Uzum Market: @uzum.market
Uzum Tezkor: @uzum.tezkor
Zoo Planeta: @vet_zooplaneta
Mehr: @mehr_shelter

Reklama huquqdari asosida.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ