Hayit bayrami kuni Toshkentda metro va avtobuslardan foydalanish bepul bo‘ladi
E’lon qilingan sana: · 2 778
10-aprel kuni Toshkentda jamoat transporti bepul bo‘ladi.
Ushbu chora aholiga qoʻshimcha shart-sharoit yaratish, Ramazon Hayiti kuni tirbandliklarni oldini olish maqsadida koʻrilgan. 10-aprel kuni soat 4:00 dan 10:00 gacha poytaxt jamoat transportidan (avtobus va metro) foydalanish bepul bo‘ladi.
Shuningdek, Transport vazirligi poytaxt aholisi va mehmonlaridan bayram kunlari manziliga borishda jamoat transporti xizmatidan foydalanishni so‘radi.
Ma’lumot uchun, 10-aprel, Hayit bayrami kuni Toshkentda jamoat transportlari (avtobus va metro) odatdagidan bir soat ertaroq, soat 05:00 da ish boshlaydi.