Dam olish kunlari Toshkentda havo issiq bo‘ladi

E’lon qilingan sana· 85
Dam olish kunlari Toshkentda havo issiq bo‘ladi

“O‘zgidromet"ning xabar berishicha, 20−22-aprelgacha O‘zbekistonda issiq havo saqlanib qoladi, joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Harorat kechasi +13…+18, kunduzi +26…+31 gradus boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Harorat kechasi +13…+18, kunduzi +25…+30 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida 20-aprel kuni havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. 21 va 22-aprel kuni joylarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi +10…+15, kunduzi +24…+29 daraja, 22-aprel kuni esa +20…+25 darajada bo‘ladi.

Samarqand viloyatida havo biroz bulutli bo‘lib, joylarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7−12 m/s. Harorat kechasi +10…+15°, kunduzi 20 va 21 aprelda — +24…+29°, 22 aprelda +20…+25° bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondara viloyatlarida dam olish kunlari havo o‘zgarib turadi, joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin; 22-aprelda yogʻingarchilik boʻlmaydi. Harorat kechasi +10…+15 gradus, kunduzi +24…+29 darajagacha koʻtarilishi kutilmoqda.

Farg‘ona vodiysi hududlarida shu kunlari havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. 22-aprel kuni joylarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi +10…+15, kunduzi +24…+29 gradus boʻladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘lishi, joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 2000 metrdan yuqori balandliklarda qor koʻchkisi xavfi mavjud. Harorat kechasi +7…+12, kunduzi esa +13…+18, +10…+15 darajada bo‘ladi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ