Yunusobod tumanidan premium xonadon izlayotganlar uchun yaxshi taklif

E’lon qilingan sana· 141
Yunusobod tumanidan premium xonadon izlayotganlar uchun yaxshi taklif

Yunusabad Residence TJM zamonaviy talablar asosida va yuqori texnologiyalar yordamida barpo etilgan xonadon izlayotganlar uchun foizsiz muddatli to‘lov bilan xonadon xarid qilishni taklif qilmoqda.

Yunusabad Residence geografik jihatdan qulay manzilda barpo etilgan. Yunusobod tumani poytaxtning ijtimoiy jihatdan ancha faol hududlaridan hisoblanadi. Yunusabad Residence shu tumanning to‘rtinchi mavzesida joylashgan bo‘lib, bu shaharning eng baland nuqtalaridan biridir. Aynan shu hududda Amerika Qo‘shma Shtatlari rasmiy elchixonasi mavjud.

Yunusabad Residence turar joy majmuasi 2, 4 va 9 qavatli binolardan iborat bo‘lib, 2023-yilda foydalanishga topshirilgan. Majmua umumiy 434 ta xonadon, 85 ta kottejni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, barcha uylar zamonaviy talablar asosida, yuqori texnologiyalar yordamida barpo etilgan. Xonalarning shiftlari balandligi 3,5−4 metrni tashkil etadi.

Inshootga ichkaridan nazar solinsa, unda inson turmush-tarzi va boshqa ko‘plab ehtiyojlarini qondirish uchun maksimal qulay sharoitlar taqdim etilganiga guvoh bo‘lish mumkin. Xususan, avtoturargoh, elektromobillar uchun elektr quvvatlagichlar, savdo-ko‘ngilochar va kibersport markazlari, kinoteatrlar shular jumlasidandir.

Sport bilan doimiy shug‘ullanish uchun fitnes zallari va yopiq basseyn ham tashkil etilgan. Bolajonlar uchun esa ikki xildagi: ochiq va yopiq o‘yingohlar mavjud. Hududda alohida kichik shaharcha muhiti yaratilgani e’tirofga loyiq.

Yunusabad Residence`dagi kvartiralar maydonlari quyidagicha:

  • bir xonali — 38, 42, 45, 49 kv. m;
  • ikki xonali — 52, 53, 54, 57, 64, 66, 72 kv. m;
  • uch xonali — 90,91, 92, 101 kv. m;
  • to‘rt xonali — 106, 107, 126 kv. m;

Majmuadan xonadon sotib olishning bir nechta yo‘llari mavjud: mijozlar 100% to‘lov hisobiga yoki oldindan 30% to‘lov qilgan holda, 6 oydan 24 oygacha foizsiz muddatli to‘lov asosida xonadon sotib olishlari mumkin.

Uylarning kadastr masalalari mijozlar uchun avvaldan hal qilingan. Uylar mijozga oq-suvoq holatda topshiriladi.

Xulosa qilib aytganda, Yunusabad Residence mijozlariga faqatgina xonadon emas, baxt va omad kalitlarini tutqazishni istaydi hamda yorqin va baxtli lahzalarni birgalikda o‘tkazishni taklif qiladi. Buning uchun yetarli sharoit va imkoniyatlar mavjud.

Siz ham baxtli va farovon onlaringizni Yunusabad Residence bilan o‘tkazing.

Mavjud xonadonlar va sotib olish shartlari haqida batafsil ma’lumot olish uchun savdo bo‘limiga murojaat qilsa bo‘ladi.

Telefon: (+998) 55−512−22−22.

Manzil: Yunusobod t-ni, to‘rtinchi mavze, 88,
Oriyentir: AQSh elchixonasi.

Instagram: @yunusabad.residence

Reklama huquqlari asosida.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ