O‘zbekiston va Xitoy turizm sektori vakillari ishtirokida biznes-forum o‘tkazildi

E’lon qilingan sana· 48
O‘zbekiston va Xitoy turizm sektori vakillari ishtirokida biznes-forum o‘tkazildi

Bugun, 26-aprel kuni Toshkent shahrida joylashgan “InterContinental Tashkent” mehmonxonasida Xitoy Xalq Respublikasining turizm sektori vakillari ishtirokida biznes-forum bo‘lib o‘tdi. Mazkur forum O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini Xitoyda targ‘ib qilish va O‘zbekiston-Xitoy turizm sanoati vakillari o‘rtasidagi ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlashga bag‘ishlandi.

Biznes-forum O‘zbekistonning “Prestige Travel” kompaniyasi va Xitoyning “Hainan Weidu international travel CO LTD” kompaniyalari tashabbusi bilan Turizm qo‘mitasi hamkorligida tashkil etildi. Unda O‘zbekiston va Xitoyning davlat va xususiy sektor vakillari, jumladan, hukumat vakillari, biznes rahbarlari va investorlar, shuningdek, ikki davlatning yetakchi mehmonxona brendlari va turizm kompaniyalari rahbarlari ishtirok etishdi.

“O‘tgan yili Xitoy Xalq Respublikasidan O‘zbekistonga 45 mingga yaqin turistlar kirib kelgan, joriy yilda esa bu ko‘rsatkich bir necha karra ortishi kutilmoqda. Bunda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida turizm sohasida yo‘lga qo‘yilayotgan ikki tomonlama munosabatlarimiz ham alohida o‘rin tutadi”, — deb aytib o‘tdi “Hainan Weidu international travel CO LTD” kompaniyasi rahbari He Jin.

“Mamlakatimiz aholisi uchun hamyonbop tur-paketlar ishlab chiqish va ularning sifatli sayohatlarini tashkil etish hamda Xitoydan O‘zbekistonga kirib keluvchi sayyohlar sonini keskin ko‘paytirish maqsadida yangi loyihalar ustida ish olib borayapmiz. O‘tgan yili „Prestige Travel“ tomonidan 10 ming nafarga yaqin o‘zbekistonliklarning Xitoyga sayohatlari tashkil etilgan edi”, — deb ta’kidladi “Prestige Travel” kompaniyasi asoschisi Oybek Ahmedov.

Forum davomida O‘zbekistondan Xitoyning Hainan provensiyasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yish masalasi muhokama etildi. Tomonlar aviaqatnovlarni joriy yilning iyun oyidan boshlab haftasiga bir marotaba, keyinchalik bo‘ ko‘rsatkichni 3-marotaba oshirishni rejalashtirayotganligini ma’lum qildi.

Bu yil O‘zbekistonga tashrif buyuruvchi xorijlik sayyohlar soni 10 milliondan ortishi kutilmoqda. O‘zbekistonning turistik salohiyatini dunyoga tanitish va sharqiy Osiyo davlatlaridan kirib keluvchi sayyohlar sonini oshirishda mamlakatimizda turizmni jadal rivojlantirish hamda sohaning o‘sish sur’atlari uchun sharoitlar yaratilmoqda. Bugungi kunga kelib, mamlakatimizda 6 mingga yaqin joylashtirish vositalari faoliyat ko‘rsatmoqda, respublika bo‘yicha sayyohlarni qabul qiluvchi o‘rinlar soni 145 mingdan ortdi.

Ushbu tadbirni tashkil etishda tashabbus ko‘rsatgan “Prestige Travel” kompaniyasiga 2018-yilda asos solingan bo‘lib, kompaniya tomonidan shu vaqtga qadar O‘zbekiston uchun yangi yo‘nalishlarda aviareyslar qo‘yilishida tashabbuslar ko‘rsatib kelmoqda.

Jumladan, “Prestige Travel” kompaniyasi tomonidan 2018-yili Toshkentdan Misrning Sharm-al-Shayx shahrigaga ilk marta to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar amalga oshirila boshlandi. Shuningdek, 2021-yil may oyida Misrning eng yirik turistik markazlaridan biri Hurgada shahriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, shu yilning o‘zida Vetnamning Phu Quok oroliga ham yangi yo‘nalish ochildi. Bundan tashqari, 2022 yilning yozida Vyetnamdagi kurort shaharlardan biri hisoblanmish Nha Trang shahriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar qo‘yildi.

2023-yilda esa, “Prestige Travel” kompaniyasi tomonidan iyunidan boshlab, Chernogoriya va Vyetnamning Nyachang shaharlari o‘rtasida doimiy to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareyslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ