"Toshkent mozaikalari" loyihasi ishga tushirildi

E’lon qilingan sana· 348
"Toshkent mozaikalari" loyihasi ishga tushirildi

Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Raqamli rivojlanish boshqarmasi “Toshkent mozaikalari” nomli yangi loyiha ishga tushirdi. Bu poytaxtdagi turar-joy binolari va jamoat binolari fasadi, ichki qismida saqlangan va yoʻqolgan 334 ta mozaika haqida fotosuratlar, joylashuvlar va ma’lumotlarga ega veb-saytni oʻz ichiga oladi.

Mosaic.tashkent.uz oʻzbek, rus va ingliz tillarida ishlaydi. U 1960-yildan keyin yaratilgan mozaikalar boʻyicha ma’lumotlarni oʻz ichiga oladi. Saytda 322 ta mavjud va 12 ta yoʻqotilgan mozaika fotosuratlari, joylashuvi va batafsil ma’lumoti bor. Xarita orqali mozaikalarning joylashuvini koʻrish, u binoning aynan qayerda joylashganini bilish va saytning oʻzida yuqori sifatli rasmini ham tomosha qilish mumkin.

Loyiha doirasida mobil ilova ham ishlab chiqilgan, App Store’dan kengaytirilgan reallik funksiyasiga ega ilovani yuklab olish mumkin. Shundan soʻng smartfon kamerasini joyida mozaikaga yo‘naltirish orqali foydalanish mumkin. Tez orada ilovaning Android versiyasi ham chiqarilishi kutilmoqda.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ