Toshkentdagi 4 ta musiqali favvoralar

E’lon qilingan sana· 957
Toshkentdagi 4 ta musiqali favvoralar

1-may — Favvoralar kuni. Aynan shu kuni koʻplab favvoralar “qishki uyqu"dan chiqib, yangi mavsum uchun qayta ochiladi. Toshkentda 20 dan ortiq favvoralar bor, har biri oʻziga xos. Oxirgi yillarda esa poytaxtda favvoralarning musiqali va “raqsga tushuvchi” turi ham koʻpaydi.

Afisha.uz jamoasi bugungi kun munosabati bilan Toshkentdagi musiqiy favvoralarni bir joyga yigʻdi.

Magic City’dagi favvora

Magic City hiyoboni ichida Toshkentdagi 8500 kvadrat metr maydonga ega eng katta musiqali favvora joylashgan. Favvora Bavariya qiroli Lyudvig II`ning 60 metrlik qasrining chiroqlari fonida tunda ayniqsa goʻzal koʻrinadi.

Ammo bu favvora kun boʻyi otilib turmaydi, musiqali favvora aynan ma’lum bir vaqtda ishga tushiriladi, lekin bu haqda ma’lumot yoʻq (muharrirlarimizning tajribasiga koʻra, bu asosan kechki payt har bir soatning boshlanishida sodir boʻladi, masalan, 19:00, 20:00, 21:00 va hokazo).

Lokatsiya.

Tashkent City’dagi favvora

Favvora har kuni soat 18:30, 19:30, 20:30 va 21:30 da “jonlanadi”.

Hozirda Tashkent City bogʻiga bepul kirish va ushbu favvoraning salqinligidan bahramand boʻlish mumkin.

Lokatsiya.

Seoul Mun’dagi favvora

Anhor boʻyida ochilgan ushbu yangi manzilgohning bir tomoni foydalanishga topshirilgan. Yonginasida suv boʻlgani tufayli bu manzil boshqa joylarga qaraganda salqinroq, Anhorning oʻzida esa musiqali favvora bor. Uning ham ochilish vaqti yuqoridagilardagidek. Jarayonni tomosha qilish uchun alohida oʻrindiqlar ham bor.

Lokatsiya.

“Next” savdo markazidagi favvora

“Next” savdo markazi hovlisida joylashgan to‘rtburchak shakldagi katta favvora bu yerga kelgan odamlarning yig‘ilish joyi bo‘lib, yoz oqshomlarida salqinlik baxsh etadi. Quyosh botishi paytida majmuaning liftidan suvning ayniqsa goʻzal manzarasi gavdalanadi.

Lokatsiya.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ