«Biznesdagi asosiy cheklov – bu Sizning oʻzingiz»: birinchi Jolbors Business Summitining natijalari

E’lon qilingan sana· 115
«Biznesdagi asosiy cheklov – bu Sizning oʻzingiz»: birinchi Jolbors Business Summitining natijalari

Markaziy Osiyo tadbirkorlari, biznes egalari, marketologlari, tadbirkorlikni rivojlantiruvchi shaxslari, ijodkorlari va inflyuyenserlar uchun asosiy tadbir boʻlgan Jolbors Business Summit muvaffaqiyatli yakun topdi. Xalqaro ekspertlar hamda muvaffaqiyat va magʻlubiyatlardan iborat yoʻlni bosib oʻtib turli bozorlarda oʻziga xos qiyinchiliklarni boshidan kechirgan mahalliy tadbirkorlar oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi. Tadbirga Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Gruziyadan ishtirokchilar tashrif buyurishdi.

Xalqaro miqyosda va Markaziy Osiyo mintaqasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar, shuningdek, amaliyotchi ekspertlar notiqlar safidan oʻrin olib, ham Markaziy Osiyo, ham xalqaro bozorlarda biznes tashkil qilish va rivojlantirish boʻyicha qimmatli gʻoyalar va amaliy tavsiyalar bilan boʻlishdilar. Meʼyoriy-huquqiy tartibga solish bilan bogʻliq muammolarni bartaraf etishdan tortib, madaniy xususiyatlarni ishga solishgacha boʻlgan doiradagi mavzular koʻrib chiqildi.

Jolbors Business Summit Jolbors kompaniyasining 3 nafar hammuassisi — Sabina Reyngold, Darya Suxodolova, Yana Dremina tomonidan tashkil etildi, Toshkentda u Moc ijodiy xabi bilan birgalikda uyushtirilib, “Moct” agentligi esa uning PR-hamkori boʻldi.

“Biz butun Markaziy Osiyoning mintaqasidan tadbirkorlar, marketologlar va ijtimoiy fikr yetakchilarini birlashtirgan bunday jadal va mazmunli tadbirni Toshkentda tashkil eta olganimizdan gʻoyat xursandmiz. Birgalikdagi harakatlarimiz hisobiga shunday miqyos va darajadagi tadbirni uyushtirishga muvaffaq boʻlganimiz uchun Sammitni tashkil etishga oʻz hissasini qoʻshganlarga, ayniqsa bosh hamkorimiz Click, Kapitalbank, Coca Cola va boshqa hamkorlarimiz, notiqlarimiz, axborot hamkorlarimizga oʻz iftixorimiz va minnatdorchiligimizni bildiramiz. Qayta aloqani toʻplashga kirishgan ekanmiz, Sammitda notiqlarimiz oʻrtoqlashgan turli qarashlar va tajriba odamlarni ilhomlantirib, va biznesni rivojlantirish uchun tasavvurlarni hosil qilib berdi” — deb Jolbors Business Summit hammuassisi Sabina Reyngold taʼkidlab oʻtdi.

Boʻlim doirasidagi muhokamalar, norasmiy suhbatlar, yakkaxon va qoʻshma tarzdagi nutqlar kabi turli shakldagi chiqishlar keng doiradagi mavzularni yoritishga imkoniyat yaratib, bozor tendentsiyalari, muvaffaqiyatsiz va, aksincha, natijador marketing strategiyalari, haqqoniy maʼlumotlarga asoslangan ishonchli misollar, moliyani boshqarish va Markaziy Osiyo mintaqasida biznesning ertangi kuni ular jumlasidan oʻrin olgan.

Misol tariqasida Jolbors va We Digital agentligining birgalikdagi boʻlim doirasidagi muhokamasi “Inflyuenserlar muayyan biznes koʻrsatkichlarini koʻzlab ishlashlari uchun nima qilish kerak?” degan mavzuida bagʻishlandi.

Qizgʻin kechgan munozarada quyidagi tarkibdagi ham marketing vakillari, ham inflyuenserlar ishtirok etishdi:

  • “Teacher Azam”" loyihasining asoschisi -Azam Kahramoniy;
  • musiqachi, prodyuser va inflyuyenser — Sharif Abdullayev;
  • qirgʻizistonlik inflyuyenser — Adilet Nogoibayev;
  • TBC Uz (Payme, TBC Bank) ACIM marketing boʻyicha direktori — Nodira Shermatova;
  • Korzinka.Uz marketing boʻyicha direktori — Malik Karimov.

Inflyuyenser va marketolog Feruzxan Yakubxoʻjayev esa ushbu davrada moderatorlik qildi.

Bahslar jarayonida haqiqat yuzaga kelib, inflyuyenser ham, marketolog ham hamkorlikni boshlashdan oldin: “Men bilbordmanmi yoki insonmanmi?” degan savolni oʻziga berishlari kerak. Qarorni qabul qilishda esa nafaqat ehtimolli qamrov koʻrsatkichlari, balki axloq-odob nuqtai nazardan ham kelib chiqqan holda yoʻl tutishlari lozim.

Forbes 30u30 roʻyxatiga kiritilgan Andrey Reduto, sammit notiqi, Haraba (Avito tomonidan 2022 yilda sotib olingan) hammuassisi va bosh direktori chiqishida shunday dedi:

“Biznesdagi asosiy cheklov — bu Siz oʻzingiz. Qanchalik tez rivojlansangiz, biznesingiz ham shunchalik tez oʻsadi”.Koʻpgina tinglovchilarga bu gap taʼsir etdi. Sammitda yuqori sifatli va qulay tarzda aloqalarni oʻrnatish uchun maxsus tadbirlar ham tashkil etilgani bois, ishtirokchilarning aksariyati ushbu fursatdan foydalanib, nafaqat Oʻzbekiston, balki boshqa mamlakatlardagi hamkasblari bilan hamkorlik va xattoki sheriklik munosabatlarini oʻrnatdilar".

Sammit notiqlaridan biri, Ololo kompaniyalar guruhi hammuassisi va biznes boshqaruvchi Doniyor Amanaliyev oʻz biznesiga mehr berishga tayangan “kamroq qoʻrquv, koʻproq mehr” tamoyiliga amal qilish muhimligini taʼkidlab oʻtdi. Chunki inson yonib-kuyib, oʻz tadbirkorlik faoliyatiga jonbozlik qilsa, u oʻz ishiga koʻproq kuch bagʻiishlar ekan natijada oʻzi ham yanada koʻproq kuchga ega boʻladi. Kuch esa hech boʻlmasa tadbirkorning yoʻlida muqarrar boʻlgan tashvish va muvaffaqiyatsizliklarga bardosh berish uchun kerak.

Amanaliyev quyidagi muhim yoʻnalishlarni aytib oʻtdi:

  • qiziquvchan boʻlish, yangi narsalarni sinab koʻrib, muvaffaqiyatsizliklarga duch kelishda tezlikni oshirish;
  • korporativ madaniyatni rivojlantirish: baxtli insonlargina baxtni atrofdagilarga baham koʻrishadi;
  • oʻzingizning jamoangizni rivojlantirish — human2human business;
  • hamjamiyatda moderator vazifasini bajarish;
  • insonlar va kompaniyalar oʻrtasida aloqa oʻrnatish.

“Jolbors — biz nafaqat mazmuni, balki professional aloqalarni oʻrnatishga undaydigan maxsus muhitiga ham alohida eʼtibor qaratadigan tadbirdir. Loyiha rivojlanib borgan yillari davomida biz nafaqat Markaziy Osiyo mintaqasida ijodkorlik va marketing sohasinj rivojlantirishga, balki turli mamlakatlardan kelgan ishtirokchilar oʻrtasida qiziqarli qoʻshma loyihalar va hamkorlik yuzaga kelgan platformaga aylanishga muvaffaq boʻldik. Jolbors Business Summititida biz mamlakatlar va tarmoqlar oʻrtasidagi aloqalarni kengaytirish va biznes sifat jihatdan taraqqiy etishi uchun sinergiyaga taʼsirini hosil qilish maqsadida tadbirkorlar auditoriyasini jalb qildik”, — deb Sabina Reyngold qoʻshimcha qildi.

Shu tariqa, Markaziy Osiyoning tadbirkorlar va marketologlarining faol hamjamiyatini Jolbors Business Summit zaminida shakllantirish ishlariga start berildi.

Tadbir qanday boʻlib oʻtgani va navbatdagi Summit qachon oʻtkazilishi haqida uning Internet sayti va Instagramdagi sahifasi orqali bilib olish mumkin.

Jolbors Business Summit 13 yildan buyon Markaziy Osiyo mintaqasidagi marketologlar, reklamachilar va ijodkorlar hamjamiyatini birlashtirib kelayotgan hamda uni rivojlantirishda davom etib, mutaxassislarga oʻzining ixtisosligiga oid bilim va koʻnikmalarini orttirib va birgalikda dohanj yanada kuchliroq qilishga koʻmaklashayotgan Jolbors loyihasining tadbiri. Rivojlanish yillari davomida Jolbors sohadadagi asosiy va eng muhim tadbirida aylanib, NPS boʻyicha mazmun jihatdan qoniqish darajasi 92%ga teng kelib, ishtirokchilar tomonidan tashkil etilish darajasi 85% ga baholangan.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ