Dam olish kunlari Toshkent bulutli havo boʻlib, yomgʻir yogʻishi kutilmoqda

E’lon qilingan sana· 860
Dam olish kunlari Toshkent bulutli havo boʻlib, yomgʻir yogʻishi kutilmoqda

11 va 12-may kunlari Toshkentda ob-havo keskin o‘zgarishi mumkin.

11-may kuni ertalab kuchli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Shamol janubi-g‘arbdan 10−15 km/soat tezlikda esadi. Kun davomida yomgʻir yogʻish ehtimoli: 60%. Harorat kunduzi +21 darajagacha, kechasi esa +14 darajagacha boʻladi.

12-may kuni havo biroz bulutli bo‘ladi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yakshanba kuni harorat kunduzi +25 gradusgacha koʻtariladi, kechasi esa +15 gacha tushadi. Dushanba kechasi havo biroz bulutli boʻladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling