Hafta davomida issiq boʻlishi va yomgʻir yogʻishi kutilmoqda

E’lon qilingan sana· 178
Hafta davomida issiq boʻlishi va yomgʻir yogʻishi kutilmoqda

Haftaning birinchi yarmida O‘zbekiston hududining katta qismida quruq va iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Haftaning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli momaqaldiroqli yomg‘irlar yog‘adi, deya xabar bermoqda Oʻzgidromet agentligi.

13−15-may kunlari Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 13-may kuni 29−31 daraja issiq boʻladi, 14−15-mayda 33−36 darajagacha koʻtariladi.

16−17-mayda harorat 25−30 darajagacha pasayadi, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Havo harorati kundan kunga ko‘tarila boshlaydi va haftaning o‘rtasiga kelib 33−36 gradusga yetadi, janubda va cho‘l hududlarda 38 darajagacha bo‘ladi. Ertadan, ya’ni 14-maydan boshlab faqat respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlari Kaspiy dengizi hududlaridan kirib kelgan nam havo ta’siri ostida bo‘ladi.

14−15-may kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va Navoiy viloyatining shimolida ba’zi joylarda qisqa muddatli momaqaldiroqli yomg‘irlar yog‘adi.

Haftaning ikkinchi yarmida nam havo massalari sharqqa qarab tarqalardi va respublikaning ayrim joylarida momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Havo harorati 25−30 darajagacha pasayadi.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15−20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ