Endi ATTO transport kartalarini faqat pochta boʻlimlaridan olish mumkin boʻladi

E’lon qilingan sana· 1 679
Endi ATTO transport kartalarini faqat   pochta boʻlimlaridan olish mumkin boʻladi

2024-yil 15-may kunidan boshlab poytaxtda joylashgan barcha transport karta sotish shaxobchalari faoliyati toʻxtatiladi, deya xabar berdi “Toshshahartransxizmat” axborot xizmati.

Endilikda ATTO transport kartalarini xarid qilish, hisobini toʻldirish va tarif sotib olish xizmatlari faqatgina Uzpost aloqa boʻlimlarida amalga oshiriladi.

ATTO ilovasi (Android uchun, IOS uchun) orqali esa yuqoridagi amallarni onlayn amalga oshirish mumkin.

Avvalroq, Afisha.uz Toshkent jamoat transportida yoʻl haqidan tejashning 3 usuli haqida maxsus qoʻllanmani e’lon qilgan edi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ