Toshkentda “Avtomobilsiz kun” aksiyasi boʻlib oʻtadi
E’lon qilingan sana: · 166
![Toshkentda “Avtomobilsiz kun” aksiyasi boʻlib oʻtadi](/uploads/media/2024/05/e26454d216feb1a8a1d66d18e3a39310_l.jpg)
Toshkent shahrida 22-may, chorshanba kuni navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkaziladi. Bu haqda Ekologiya vazirligi matbuot xizmari xabar berdi.
Aksiya O‘zbekiston Prezidentining 21-fevraldagi 37-sonli qaroriga muvofiq har oyning to‘rtinchi chorshanbasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Ta’kidlanishicha, aksiya doirasida Toshkent shahrida joylashgan barcha davlat idoralari rahbarlari va xodimlariga poytaxt bo‘ylab harakatlanish uchun jamoat transporti, velosiped va atrof-muhitga zarar keltirmaydigan boshqa transport turlaridan foydalanish tavsiya qilingan.
Avvalroq Toshkentda har oyda bir marta “Avtomobilsiz kun” bo‘lib o‘tishi haqida xabar berilgandi.