Toshkentda Kichik halqa avtomobil yo‘li va Qorasaroy koʻchasining bir qismi 26-maygacha yopildi

E’lon qilingan sana· 142
Toshkentda Kichik halqa avtomobil yo‘li va Qorasaroy koʻchasining bir qismi 26-maygacha yopildi

Toshkentda qator chorraha va ko‘chalarni ta’mirlash va rekonstruksiya qilish ishlari boshlanishi haqida xabar berilgandi. 20-may kuni Qorasaroy ko‘chasining Nurafshon ko‘chasi bilan kesishmasidan A. Qodiriy ko‘chasi bilan kesishmasigacha hamda Kichik halqa avtomobil yo‘li Nurafshon ko‘chasi bilan kesishmasidan Qorasaroy ko‘chasi bilan kesishmasigacha ta’mirlash ishlari boshlangandi.

Ushbu ta’mirlash ishlari 26-maygacha choʻziladigan boʻldi. Bunga aholining iltimosiga binoan yoritish tizimlari, fasadlar, drenaj va irrigatsiya tizimlari, bordyurlarni yangilash, mahallalarga kirish yo‘llarini obodonlashtirish zarurati aniqlangani sabab boʻlgan.

“Ishni imkon qadar tezroq yakunlash uchun jalb qilingan xizmatlar xodimlari kechayu-kunduz ishlaydi. Vaziyatni toʻgʻri baholaysiz degan umiddamiz”, deyiladi hokimiyat xabarida.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ