"Inkuzart" tabiatni asrash mavzusida graffiti chizdi

E’lon qilingan sana· 96
"Inkuzart" tabiatni asrash mavzusida graffiti chizdi

“Inkuzart” strit-art rassomi tabiatni asrash mavzusida graffiti chizdi. U Toshkentning aynan qayeriga chizilgani hali ma’lum emas, ammo rassom o‘z Telegram kanalida jarayon aks etgan videoni e’lon qildi.

Suratda gazdan saqlovchi niqob taqqan balet raqqosi tasvirlangan. Fonda esa “Tabiatni asra, onangni” soʻzlari yozilgan. Rassom shu orqali borgan sari yomonlashib ketayotgan tabiatni asrashga chorlamoqchi bo‘lgan.

Avvalroq rassom Toshkent koʻchalarining birida suv muammosiga atab ham graffiti chizgandi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ