Oʻzbekistonda havo harorati +41 darajagacha koʻtariladi

E’lon qilingan sana· 288
Oʻzbekistonda havo harorati +41 darajagacha koʻtariladi

O‘zbekiston hududida ushbu ish haftasi davomida havo bulutli bo‘lmaydi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet xizmati agentligi.

Sinoptiklarning xabarlariga koʻra, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi, faqat respublikaning ayrim tog‘li hududlarida kechga tomon mahalliy xususiyatga ega bo‘lgan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Haftaning birinchi yarmida havo biroz issiq bo‘ladi, kunduzi harorat +36…+39 daraja atrofida, cho‘l hududlarida va respublika janubining ba’zi joylarida +40…+41 darajagacha koʻtarilishi kutilmoqda. Qayd etilishicha, bunday harorat iyun oyi iqlimiy me’yoridan 1−2 darajaga yuqori.

Haftaning ikkinchi yarmida havo harorati kunduz kunlari +32…+35, janubda +36…+39 darajagacha biroz pasayishi kutilmoqda. Sharqiy yo‘nalishdagi shamol 7−12 m/s tezlikda esadi, shimolda va cho‘l hududlarda 15−18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.

Toshkent shahrida havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5−10 m/s tezlikda esadi. Harorat 10−12 iyunda +35…+38, 13−14 iyunda +32…+35 daraja bo‘ladi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ