Velomarafon o‘tkazilishi munosabati bilan Toshkentning bir qator ko‘chalari yopiladi
Yakkasaroy tumani matbuot xizmati 15-iyun, shanba kuni velomarafon o‘tkazilishi munosabati bilan ko‘chalarda transport harakati vaqtincha cheklanishi haqida xabar berdi. Ta’kidlanishicha, “Yoshlar oyligi” loyihasi doirasida 15-iyun kuni soat 9:00 da “Avtomobilsiz bir kun” shiori ostida velomarafon o‘tkaziladi.
Qayd etilishicha, O‘rikzor va Shohjahon ko‘chalaridan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti ro‘parasi) Sa’diy Sirojiddinov ko‘chasidagi 144-maktabgacha avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi.
Yakkasaroy tumani matbuot xizmati tirbandliklarning oldini olish uchun haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qilmoqda. Jamoat transporti (32, 77 va 98-sonli avtobus yo‘nalishlari) uchun aylanma yo‘nalishlar haqida ma’lumot berilmagan.