“Uzbekistan Airways” bir qator xalqaro va mahalliy reyslarga chegirma e’lon qildi

E’lon qilingan sana· 224
“Uzbekistan Airways” bir qator xalqaro va mahalliy reyslarga chegirma e’lon qildi

“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi “Yorqin payshanba” aksiyasi doirasida Nukus, Samarqand, Urganch va Toshkentdan qator xalqaro va mahalliy reyslarga 20 foizli chegirma taqdim etmoqda. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Bir kunlik aksiya davomida quyidagi aviaqatnovlarning tariflaridan 20 foiz chegirma beriladi:

  • Nukusdan Istanbulga va ortga;
  • Samarqanddan Nijniy Novgorodga va ortga;
  • Urganchdan Buxoroga;
  • Toshkentdan Buxoro, Qarshi, Namangan, Nukus, Samarqand, Termiz, Urganch, Farg‘ona va ortga.

Aksiya faqat bir kun — 20-iyun kuni soat 00:00 dan 23:59 gacha amal qiladi. Chiptalarni kompaniya rasmiy veb-sayti orqali xarid qilish mumkin.