Avtomobillar harakatini tartibga solish maqsadida chorrahalarga maxsus svetoforlar o‘rnatildi.

Ma’lumot uchun, Temur Malik ko‘chasining yo‘l o‘tkazgich ostidagi qismi to‘rt tasmali olti qatorga kengaytirilmoqda. Uning chetida joylashgan xususiy uylarni buzib, ular o‘rnida ko‘p qavatli uy va xizmat ko‘rsatish binolari qurish reja qilingan.


21-iyundan ko‘prikni rekonstruksiya qilish ishlari boshlanishi munosabati bilan 1, 16, 24, 49, 101, 128, 149 va 199-sonli avtobuslar qatnoviga o‘zgartirishlar kiritildi. Shu bilan birga, avtobus bekatlari asl joyida saqlanib qolgan.