Qozon-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar yoʻlga qoʻyiladi
E’lon qilingan sana: · 219

Rossiyaning “UVT Aero” aviakompaniyasi 4-avgustdan boshlab Qozon va Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reys yo‘lga qo‘yilishini haqida e’lon qildi, deya xabar bermoqda “Spot”.
Tatariston markazi va O‘zbekiston poytaxti o‘rtasidagi reyslar haftada bir marta — yakshanbadan dushanbaga o‘tar kechasi amalga oshiriladi. Marshrutga Bombardier CRJ-200 samolyotlari xizmat ko‘rsatadi.
Parvozlar jadvali:
- Qozondan uchish — 22:30, Toshkentga kelish — 3:55;
- Toshkentdan uchish — 4:55, Qozonga yetib kelish — 6:30.
Bir tomonga chipta narxi 150 yevrodan boshlanadi (Markaziy bank kursi bo‘yicha 2,05 mln so‘m), deya qoʻshimcha qiladi nashr.